Albatta, bunda saylov jarayoni va ovoz berishning yashirinligini buzmasdan foto, video, audio yozuvlarni amalga oshirish mumkin. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylari, harbiy qismlar, davolash muassasalari bundan mustasno ekanini yodda tutish lozim. Foto va video tasvirga olish jarayoni ovoz berishning yashirinligini buzmasligi va saylovchilar xohish-irodasini nazorat qilish imkonini bermasligi shart. Shuning uchun byulleten to‘ldirishga mo‘ljallangan joylarda yashirin ovoz berish kabinasida foto yoki video tasvirga olish taqiqlanadi. Foto yoki video tasvirga olish uchun OAV vakili uchastka saylov komissiyasi a’zolarini, saylovchilarni va saylov jarayonining boshqa ishtirokchilarini xabardor qilishi lozim.
Sertifikatlangan trenerlarShunisi quvonarliki, bu galgi saylovlarni yoritishda jurnalistlarning f