Bugun boks boʻyicha JCHning chorak finallari boshlanadi. Bokschilarimiz janglari jonli efirga uzatiladiAvvalo maʼlumot uchun aytib oʻtamiz: UZREPORT TV boks boʻyicha Jahon chempionati chorak final janglarini jonli efirda namoyish qiladi. Bugun Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks boʻyicha jahon chempionatining oʻninchi kuni oʻtkaziladi. Ushbu kun dasturida bokschilar yarim final yoʻllanmasi uchun jang olib borishadi. Maʼlumki, boksda yarim final bosqichiga yetib borgan ishtirokchilar oʻzlari uchun kamida bronza medalini naqd qilib qoʻyishadi. Oʻzbekiston terma jamoasining 5 nafar vakili bugun chorak final bosqichida ringga chiqadilar. Bugun quyidagi bokschilarimiz jang olib borishadi: -52 kg: Shahobiddin Zoirov – Daniyel Asenov (Bolgariya) ( A ring, boshlanish vaqti – 15:15) -57 kg: Miraziz Mirzarahimov – Qayrat Yeraliyev (Qozogʻiston) (B ring, boshlanish vaqti – 19:15) -69 kg: Bobousmon Baturov – Ziyad Iashash (Iordaniya) (B ring, boshlanish vaqti – 19:30) -81 kg: Dilshod Roʻzmetov – Loren Alfonso Dominges (Ozarbayjon) (B ring, boshlanish vaqti – 20:15) +91 kg: Bahodir Jalolov – Richard Torres (AQSH) (B ring, boshlanish vaqti – 20:45) Shu oʻrinda ushbu bosqichga qaysi davlatdan nechi nafar sportchi yetib kelgani ham koʻpchilikka qiziq maʼlumot.
O‘zbekiston - Eron. Jonli efir (video)Лицензия: №1002. Учредитель: “RENDER SYSTEMS” MCHJ. Адрес редакции: 100047, г. Ташкент, улица Истикбол, 15. Электронная почта: info@sports. uz. Телефон: +998 71 233-78-98 Все услуги лицензированы, товары сертифицированы. При распространении материалов сайта в любой форме гиперссылка на sports.